Huquqiy hujjatlar

Maxfiylik siyosati

Badu Badu bolalar uchun ilova, shuning uchun ma'lumotga munosabatimiz ham shunga yarasha ehtiyotkor. Bu sahifada nimani yig'ishimiz, nima uchun ishlatishimiz va uni qanday o'chirish mumkinligi ochiq yozilgan.

Oxirgi yangilanish: 14.08.2026

1.Eng muhimi — qisqacha

  • Badu Badu reklama ko'rsatmaydi va ilovada hech qanday reklama tarmog'i yo'q.
  • Biz ma'lumotlaringizni sotmaymiz va reklama maqsadida uchinchi shaxslarga bermaymiz.
  • Karta ma'lumotlari bizda saqlanmaydi — to'lov Click, App Store yoki Google Play sahifasida o'tadi.
  • Hisob ota-onaga tegishli: bola haqidagi ma'lumotni ilovaga siz kiritasiz va istalgan payt o'chirasiz.
  • Aniq joylashuv (GPS), mikrofon va telefon kontaktlari yig'ilmaydi.

Quyida bularning har biri batafsil yozilgan. Savolingiz qolsa — support@badubadu.uz yoki Telegram.

2.Ma'lumotni kim qayta ishlaydi

«Badu Badu» — 0–9 yoshli bolalar uchun mo'ljallangan mobil ilova (App Store va Google Play'da Badu Badu nomi bilan) hamda badubadu.uz sayti. Shu hujjatda «biz» deganda ilova egasi va operatori tushuniladi.

Ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi qonuni talablariga muvofiq qayta ishlanadi.

Telegram:Telegram

3.Qanday ma'lumot yig'amiz

Biz faqat ilova ishlashi uchun zarur bo'lgan ma'lumotni yig'amiz. Quyidagi jadvalda — hammasi.

Ma'lumotNima uchunQancha saqlanadi
Telefon raqamiIlovaga kirish (SMS-kod), hisobni tiklash, to'lovni sizga bog'lashHisob mavjud ekan
Ism, profil rasmi, e-pochtaHisobingizni tanish va ilovada ko'rsatish. E-pochta faqat Google yoki Apple orqali kirganingizda keladiHisob mavjud ekan
Bola haqidagi ma'lumot: ism, jinsi, tug'ilgan yili, rasm (ixtiyoriy)Videolarni yoshga moslash, kundalik va topshiriqlarni to'g'ri bolaga bog'lashSiz o'chirgunga qadar
Oila a'zolariBir nechta ota-ona bitta bola profilini birga boshqarishi uchunSiz o'chirgunga qadar
Ilovadagi harakatlar: ko'rilgan videolar, yoqtirganlar, saqlanganlar, qiziqishlarTavsiyalarni shakllantirish va bepul limitlarni hisoblashHisob mavjud ekan
O'yin natijalari, kundalik yozuvlari, topshiriqlar va ular uchun yuborilgan rasmlarShu funksiyalarning ishlashi, natijalarni ota-onaga ko'rsatishHisob mavjud ekan
Texnik ma'lumot: IP-manzil, qurilma turi, ilova versiyasi, sessiya vaqtiXavfsizlik, nosozliklarni topish, mamlakatni aniqlash (to'lov usulini tanlash uchun)12 oygacha
Bildirishnoma identifikatori (push token)Topshiriq, mukofot va yangiliklar haqida xabar yuborishBildirishnomalarni o'chirgunga qadar
Obuna va to'lov holati: summa, sana, usul, tarifPremiumga huquqni hisoblash va buxgalteriya talablariQonun talab qilgan muddat (5 yilgacha)

Nimani yig'MAYmiz

  • Aniq joylashuv (GPS). Mamlakat faqat IP-manzil bo'yicha, taxminan aniqlanadi.
  • Telefon kontaktlari, SMS matnlari, qo'ng'iroqlar tarixi.
  • Mikrofon yozuvi. Kamera va galereyaga ruxsat faqat siz rasm tanlaganingizda so'raladi va faqat o'sha rasm yuklanadi.
  • Reklama identifikatorlari va xatti-harakatga asoslangan reklama profillari.
  • Karta raqami, amal qilish muddati yoki CVV.

4.Ma'lumot nima uchun kerak

  • Xizmatni ko'rsatish: hisobga kirish, videolarni ko'rsatish, o'yinlar, kundalik va topshiriqlarning ishlashi.
  • Yoshga moslash: bola tug'ilgan yiliga qarab videolar tanlanadi — bu ilovaning asosiy xavfsizlik mexanizmi.
  • Tavsiyalar: qaysi videolar ko'rilgani va yoqtirilgani keyingi tavsiyalarga ta'sir qiladi.
  • To'lov va obuna: premiumga huquqni hisoblash, to'lovni tasdiqlash.
  • Xavfsizlik: hisobni ruxsatsiz kirishdan himoya qilish, suiiste'molni aniqlash.
  • Nosozliklarni tuzatish: ilova ishdan chiqqanda texnik hisobot olish.

Ma'lumotlar asosida sizga huquqiy oqibat keltiradigan avtomatik qarorlar qabul qilinmaydi.

5.Bolalar ma'lumotlari

Ilova bolalar uchun mo'ljallangan, lekin hisobni ota-ona yoki qonuniy vakil ochadi. Bola mustaqil ro'yxatdan o'ta olmaydi: kirish uchun telefon raqami va SMS-kod kerak.

  • Bola haqidagi ma'lumotni (ism, jinsi, tug'ilgan yili, rasm) ilovaga siz kiritasiz. Ism sifatida taxallus yozishingiz ham mumkin — bu ilovaning ishlashiga xalaqit bermaydi.
  • Bola profili boshqa foydalanuvchilarga ochiq emas va qidiruvda ko'rinmaydi.
  • Bolaga reklama ko'rsatilmaydi, uning ma'lumotlari asosida reklama profili tuzilmaydi.
  • Bolalar rejimida (PIN-qulf) ilovadan chiqish, sozlamalarni o'zgartirish va sotib olish imkoni bloklanadi.

Agar bola haqidagi ma'lumot sizning roziligingizsiz kiritilgan deb hisoblasangiz, support@badubadu.uz orqali murojaat qiling — tekshirib, ma'lumotni o'chiramiz.

6.Kim bilan bo'lishamiz

Ma'lumotlaringiz sotilmaydi. Ular faqat ilova ishlashi uchun zarur bo'lgan xizmatlarga va faqat kerakli hajmda uzatiladi:

XizmatNima uchun
Apple, GoogleGoogle yoki Apple orqali kirish; App Store va Google Play orqali obuna sotib olish
RevenueCatApp Store / Google Play obunalari holatini kuzatish
ClickO'zbekistondagi to'lovlar. To'lov o'z sahifasida amalga oshiriladi — karta ma'lumotlari bizga umuman kelmaydi
OneSignalPush-bildirishnomalarni yetkazish
SentryIlova ishdan chiqqanda texnik nosozlik hisoboti
SMS-shlyuzKirish uchun bir martalik kodni yuborish

Bundan tashqari, ma'lumot faqat qonun talab qilgan hollarda — vakolatli davlat organining qonuniy so'roviga binoan — berilishi mumkin.

7.Qayerda va qancha saqlanadi

Ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasi hududidagi serverlarda saqlanadi. Yuqoridagi jadvalda har bir ma'lumot turi uchun saqlash muddati ko'rsatilgan.

Hisob o'chirilganda unga bog'liq shaxsiy ma'lumotlar ham o'chiriladi. Faqat to'lov yozuvlari qoladi — ularni saqlash buxgalteriya va soliq qonunchiligining talabi, lekin ular shaxsingizni aniqlashga xizmat qilmaydigan holatga keltiriladi.

8.Xavfsizlik

  • Ilova va server o'rtasidagi barcha aloqa HTTPS orqali shifrlangan holda o'tadi.
  • Parollar va PIN-kodlar ochiq ko'rinishda saqlanmaydi.
  • Bir hisobga bir vaqtning o'zida faqat bitta qurilma ulanadi: boshqa qurilmadan kirilsa, avvalgisi avtomatik chiqariladi.
  • Ma'lumotlar bazasidan muntazam zaxira nusxa olinadi.
  • Xodimlarning ma'lumotlarga kirishi rol asosida cheklangan va harakatlar jurnalga yoziladi.

9.Sizning huquqlaringiz

Istalgan payt quyidagilarni talab qilishingiz mumkin:

  • Siz haqingizda qanday ma'lumot saqlanayotganini bilish.
  • Noto'g'ri ma'lumotni tuzatish (ko'pini ilovaning o'zida o'zgartirish mumkin).
  • Hisobni va ma'lumotlarni o'chirish.
  • Bildirishnomalardan voz kechish — ilova sozlamalarida yoki qurilma sozlamalarida.

Murojaat uchun: support@badubadu.uz yoki Telegram. Javob 30 kun ichida beriladi.

10.Hisobni o'chirish

Hisobni o'chirishning ikki yo'li bor:

  • Ilova orqali: Profil → Sozlamalar → Hisobni o'chirish. Tasdiqdan keyin so'rovingiz qabul qilinadi.
  • Murojaat orqali: support@badubadu.uz yoki Telegram — hisobingiz bog'langan telefon raqamini ko'rsating.

So'rov qabul qilingandan so'ng hisobingiz va unga bog'liq shaxsiy ma'lumotlar 30 kun ichida o'chiriladi. Bu vaqt ichida fikringizdan qaytsangiz, murojaat qilib so'rovni bekor qilishingiz mumkin.

Hisobni o'chirish obunani avtomatik bekor qilmaydi. App Store yoki Google Play orqali obuna bo'lgan bo'lsangiz, uni do'kon sozlamalarida alohida bekor qiling — aks holda to'lov davom etaveradi.

11.Siyosatdagi o'zgarishlar

Siyosat vaqti-vaqti bilan yangilanishi mumkin. Yangi tahrir shu sahifada e'lon qilinadi va yuqorida «Oxirgi yangilanish» sanasi o'zgaradi. Muhim o'zgarishlar haqida ilova orqali alohida xabar beramiz.

12.Bog'lanish

Maxfiylik bo'yicha har qanday savol, so'rov yoki shikoyat uchun:

Telegram:Telegram