Yuklab olish
Badu Badu — 0–9 yosh uchun
Badu — Badu Badu tulkichasi

Badu Badu

Bolajonlar uchun xavfsiz videolar, o'yinlar va topshiriqlar dunyosi

Tekshirilgan · Yoshga mos · Reklamasiz · 3 tilda

Videolar
Mini o'yinlar
Topshiriqlar
O'rganish

Badu Badu nima?

Shunchaki ilova emas — bolangiz uchun butun bir xavfsiz olam.

Qiziqarli qisqa videolar, mini o'yinlar, birga bajariladigan mashg'ulotlar va ota-ona nazoratidagi topshiriqlar — hammasi bitta joyda, tulki Badu bilan birga.

Bolajonlar uchun

Zerikish yo'q

Bolalar o'zi suradi, o'zi o'ynaydi, o'zi o'rganadi — har qadamda kutilmagan qiziqarli narsa.

Qiziqarli videolar

Qiziqarli videolar

Barmoq bilan suriladigan qisqa videolar — qo'shiqlar, multfilmlar va yana ko'p narsa.

Mini o'yinlar

Mini o'yinlar

Har bir necha videodan keyin o'yin tanaffusi: sharlarni portlat, juftini top, tulki bilan shaxmat.

Birga o'rganish

Birga o'rganish

Ko'rib, birga bajariladigan mashg'ulotlar — alifbo, raqamlar va ijod.

Mukofotlar

Mukofotlar

Yulduzlar, rekordlar va tabriklar — o'rganish o'yinga aylanadi.

Topshiriqlar

Uy vazifalari — endi o'yin

Ota-ona topshiriq beradi (tayyor shablonlardan yoki o'zi tuzadi), bolajon uni bajarib rasm bilan hisobot yuboradi, siz tasdiqlaysiz — bola esa mukofotini oladi. Mas'uliyat va o'yin bir joyda.

1 · Topshiriq ber2 · Bola bajaradi3 · Siz tasdiqlaysiz4 · Mukofot
Badu topshiriqlar bilan
Badu — qalqon bilan himoyada

Ota-onalar uchun

Xotirjamlik

Bolangiz nima ko'rayotganini bilib turasiz. Nazorat sizda, quvonch — bolada.

Bolalar rejimi

PIN-qulf: bola ilovadan chiqa olmaydi — faqat siz ochasiz.

Tekshirilgan kontent

Har bir video moderatsiyadan o'tadi. Begona yoki tasodifiy kontent yo'q.

Yoshga mos

Videolar bolangizning yoshiga qarab avtomatik tanlanadi.

Reklamasiz

Hech qanday reklama yo'q — faqat bolalar uchun kontent.

Oila bilan

Turmush o'rtog'ingiz va yaqinlaringiz bir xil bolalar profilini boshqaradi.

3 tilda

O'zbek, rus va ingliz — o'zingizga qulayini tanlang.

Badu quvonyapti

Badu sizni kutyapti!

Ilovani yuklab oling-da, bolajongiz bilan birga kashfiyot boshlang.